Korvon

Yuk bor. Mashina bor.
Oʻrtada hech kim yoʻq.

Yuk egalari va haydovchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlaydigan platforma. Joylash, qidirish va taklif yuborish — bepul. Toʻlov faqat kelishuv boʻlganda.

1

Yukni bir marta joylang

Qayerdan, qayerga, nima, qancha, qanday mashina. Har 20 daqiqada qayta tashlash shart emas.

2

Narxlar oʻzi keladi

Tekshirilgan haydovchilar mashinasi va narxi bilan taklif yuboradi. Qirqta qoʻngʻiroq oʻrniga bitta roʻyxat.

3

Kelishdik

Ikki tomon tasdiqlaydi — yozma kelishuv tuziladi, telefon raqamlari ochiladi.

Xizmat haqi ochiq

Foiz emas — masofa va mashina turiga qarab qatʼiy summa. Faqat kelishuv tuzilganda, haydovchi hamyonidan. Ishga tushirish davrida — bepul.